«Borussiya D» direktori Sancho transferiga izoh berdi

Dortmundning «Borussiya» klubi sport direktori hisoblangan futbol funksioneri Sebastyan Kel «Manchester Yunayted» vingeri Jeydon Sancho bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida gapirdi.

«Hozirda Sancho bizning manfaatlarimiz doirasiga kirmaydi. Bizning boshqa ustuvor vazifalarimiz bor. Uning nomi klubimizdagi muhokamalardan ko‘ra matbuotda ko‘proq tilga olinadi,» – deya funksionerning so‘zlarini keltiradi One Football.

Transfermarkt portali 25 yoshli futbolchining bozor narxini 28 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter