Alguasil «Sevilya» bilan kelishuvga yaqin turibdi

Imanol Alguasil «Sevilya» bosh murabbiyi bo‘lishga yaqin, deb xabar beradi COPE.

Tomonlar yakuniy tafsilotlarni kelishib olish uchun uchrashdilar. Mutaxassisning shartnomasi yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lishi kutilmoqda.

Alguasil «Sevilya»da ishlashni o‘zi uchun qiyin deb hisoblamaydi, u klub tarixini chuqur hurmat qiladi. Qolaversa, yosh o‘yinchilarni tarbiyalashga e’tibor qaratilishi unga yoqadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Real Sosyedad» Alguasilning mavsum yakunida ketishini e’lon qilgan, u ispan klubini 7 yil davomida boshqargan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter