«Al-Hilol» Kanteni ijaraga olmoqchi
«Al-Hilol» klubi «Al-Ittihod» yarim himoyachisi N’Golo Kanteni klublar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun qisqa muddatli ijaraga olish borasida muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi The Athletic.
Hozircha klublar o‘rtasida kelishuvga erishilmagan, ammo tomonlar kelishuvga erisha olishi haqida optimizm bor.
“Al-Hilol” Saudiya Arabistonining jahon chempionatida ishtirok etgan yagona klubi hisoblanadi.
2024/25 yilgi mavsumda “Al-Ittihod” Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi. “Al-Hilol” jamoasi 2-o‘rinni egalladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/