Teo Ernandes La Liga klubi bilan kelishib oldi

«Milan» chap qanot himoyachisi Teo Ernandes «Atletiko»ga o‘tishga rozi bo‘ldi.

“Rossonerilar” fransiyalik futbolchini yangi shartnoma imzolashga ko‘ndira olishmadi, amaldagi kelishuv esa kelasi yozda tugaydi, shuning uchun klub futbolchini hozir sotishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Damiano Er Fainaning xabar berishicha, 27 yoshli futbolchi Madridning “Atletiko” klubi bilan kelishuvga erishgan. Endi “matraschilar” “Milan”ning roziligini olishlari kerak.

«Atletiko» futbolchining transferi uchun 20 milliondan 25 milliongacha to‘lashga tayyor. Futbolchi avvalroq Saudiya Arabistoniga o‘tishdan bosh tortgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter