Desham Teo Ernandes haqida gapirdi
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham «Milan» vakili Teo Ernandes haqida gapirdi.
«Teo mavsumning birinchi qismini qiyin o‘tkazdi. Men u bilan bu vaziyatni muhokama qildim. Albatta, u biroz yaxshiroq harakat qilishi mumkin edi. Teo buni tushunadi. Umid qilamanki, u terma jamoada o‘zini ko‘rsata oladi, bu futbolchilar bilan ko‘p sodir bo‘ladi», – deya Desham so‘zlarini keltirmoqda pianetamilan.it.
Teo «Milan»da 2019 yildan beri o‘ynab kelmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/