Ernandes: «Kalabriyaga Mbappega nisbatan o‘yin qoidasini buzishini maslahat berdim»

«Milan» vise-sardori Teo Ernandes Kilian Mbappening to‘xtovsizligi haqida hazil qildi.

– Mbappe bilan bir jamoada o‘ynash aql bovar qilmaydi. Kelgusi yillarda ham buni davom ettiraman degan umiddaman.

– «Milan» Chempionlar ligasida «PSJ» bilan uchrashadi. Mbappeni qanday to‘xtatish mumkin?

– U mendan qarama-qarshi qanotda o‘ynagani yaxshi. Men Kalabriyaga maslahat berdim, eng yaxshisi Mbappega nisbatan o‘yin qoidasini buzish. Imkoniyat bor ekan, unga nisbatan o‘yin qoidasini buzish kerak», – dedi Ernandes Telefoot bilan suhbatda.

Bir kun oldin Mbappe Niderlandiyaga qarshi Yevro-2024 saralash o‘yinida dubl qayd etib, bir oydan beri davom etayotgan golsiz seriyasiga barham berdi. Teo ham, Kilian ham butun uchrashuvni maydonda o‘tkazdilar.

10 kundan keyin Ernandes va Mbappe klublari Chempionlar ligasida o‘zaro to‘qnash kelishadi. 25 oktyabr kuni “PSJ” guruh bosqichining 3-turida “Milan”ni qabul qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter