Kapello: «Ranyeri to‘g‘ri nomzod»

Luchano Spalletti JCH-2026 saralashi doirasida Moldovaga qarshi dushanba kungi o‘yindan so‘ng Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etadi.

«Roma»ni mavsum yakunida tark etgan 73 yoshli Klaudio Ranyeri «adzurrilar»ni boshqarishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Mashhur murabbiy Fabio Kapello bu borada fikr bildirdi.

«Ranyeri to‘g‘ri nomzod. U tajribali, o‘yinchilarni biladi va o‘zgarishlar uchqunini yoqishga qodir», – dedi Kapello.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter