Mbappe Alonso bilan ishlashni sabrsizlik bilan kutmoqda
Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoaning yangi murabbiyi Xabi Alonso bilan ishlash imkoniyatini intiqlik bilan kutmoqda. Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis yaqinda Braziliya terma jamoasini qabul qilib olgan Karlo Anchelotti o‘rnini egallagan edi.
«Men Xabi Alonso bilan ish boshlashni intiqlik bilan kutmoqdaman. Men u bilan allaqachon bir necha bor gaplashdim,» – dedi Mbappe Fransiya terma jamoasi matbuot anjumanida.
Kilian Ispaniya chempionatidagi debyut mavsumida 30 ta gol urdi va «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritdi. Shunga qaramay, 26 yoshli hujumchi «Real» bilan jamoaviy sovrinlarni qo‘lga kirita olmadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/