«Chelsi»ning taklifi «Borussiya Dortmund»ni qoniqtirmayapti
«Chelsi»ning Jeymi Gittens bo‘yicha taklifi «Borussiya» talablariga javob bermaydi.
Avvalroq, London klubi 20 yoshli vinger uchun 35 million yevrodan ko‘proq mablag‘ taklif qilgani ma’lum bo‘lgandi.
Sky Sport jurnalisti Patrik Bergerning ma’lum qilishicha, dortmundliklar futbolchi uchun kamida 50 mln yevro talab qilmoqda. Qayd etilishicha, inglizlar «muzokaralarda kutish taktikasini qo‘llashgan» va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga Gittenssiz ham borishlari mumkin.
Fabrisio Romanoning qo‘shimcha qilishicha, birinchi taklif rad etilgan. «Chelsi» bonus to‘lovlarini qo‘shish orqali uni yaxshilamoqchi.
Xabar qilinishicha, «Chelsi» va Jeymi 7 yillik shartnoma imzolashga kelishib olgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/