«Borussiya»ning yosh yulduzi klub YECHLga yo‘l olmasa, jamoani tark etadi

Jeymi Gittens joriy mavsum oxirida «Borussiya«ni tark etishi mumkin.

Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, 20 yoshli vingerning transferini nafaqat «Bavariya«, balki «Chelsi» va «Manchester Yunayted» ham ko‘rib chiqmoqda.

Hozircha hech qanday qaror qabul qilinmagan, ammo barcha klublar aniq qiziqish bildirishgan.

Ta’kidlanishicha, 10-o‘rinda borayotgan Dortmund jamoasi kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok eta olmasa, futbolchining ketishi ehtimoli katta bo‘ladi. Jeymining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Gittens joriy mavsumda Bundesligada 18 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter