«Arsenal» ingliz yulduzini «Chelsi»dan tortib olmoqchi
Dortmundning «Borussiya» klubi vingeri Jeymi Bayno-Gittensga Londonning «Arsenal» va «Chelsi» klublari qiziqish bildirmoqda.
So‘nggi haftalarda 20 yoshli futbolchiga asosiy da’vogar sifatida «ko‘klar» ko‘rilmoqda, mish-mishlarga ko‘ra, ular allaqachon unga shartnoma tayyorlab qo‘yishgan. TBR Football xabariga ko‘ra, «kanonirlar» istiqbolli angliyalik futbolchi uchun kurashda «Chelsi» bilan raqobatlashmoqchi. Futbolchining o‘zi London grandlari safiga ko‘chib o‘tishga tayyor.
Transfermarkt portali mutaxassislari Jeymi Bayno-Gittensning narxini 50 mln yevroga baholamoqda. Yangi yulduzning hisobida joriy mavsum «asalarilar» safida 45 ta bahsda 12 ta gol va beshta assist mavjud.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/