Balotellining «Jenoa»dagi faoliyati Viyeyra sabab to‘xtab qoldi
Italiyaning Repubblica nashri xabariga ko‘ra, Mario Balotellining «Jenoa»dagi faoliyati o‘tgan yilning 20 noyabrida yakunlangan.
Aynan shu kun klub Balotelliga ozmi-ko‘pmi foydasiga bo‘lgan Alberto Jilardino o‘rniga Patrik Viyeyrani jamoaga bosh murabbiy etib tayinladi.
Fransiyalik sobiq futbolchi Balotellini ochiqchasiga yoqtirmaydi va shundan keyin Mario butunlay yo‘qolib qoldi va hattoki o‘yinlar uchun qaydnomaga ham kiritilmadi.
Natijada, Mario Genuyadagi butun faoliyati davomida oltita o‘yinda bor-yo‘g‘i 52 daqiqa o‘ynadi, uning eng yaxshi natijasi Jilardino qo‘l ostidagi o‘yinlardan birida 18 daqiqa o‘ynagani bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/