Perishich va PSV shartnomani uzaytirishga yaqin
Ivan Perishich katta ehtimol bilan PSVda qoladi.
Foot Mercato xabariga ko‘ra, 36 yoshli vinger Eyndxoven klubi bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.
Xorvatiya terma jamoasi futbolchisining PSV bilan amaldagi shartnomasi 30 iyunga qadar amal qiladi.
Oldinroq Perishichning “Marsel”ga transferi u juda yuqori maosh so‘ragani uchun muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.
Futbolchi so‘nggi Niderlandiya chempionatining 27ta o‘yinida 9ta gol urdi va 8ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/