Mendesh: «Portugaliya ko‘proq gol urishi mumkin edi»

Nunu Mendesh Millatlar ligasining 1/2 finalida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabaga (2:1) baho berdi.

“Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik, ayniqsa himoyada. Ayniqsa, qiyin bo‘ladigan paytlarda nima qilish kerakligini bilardik.

Ularda to‘p bilan yaxshi o‘ynaydigan va bo‘sh joy qidiradigan ko‘plab ajoyib futbolchilar bor. Lekin biz ajoyib ish qildik va qarshi hujumlar bilan javob qaytardik. Biz ikkita gol urdik, ammo ko‘proq urishimiz mumkin edi”, – deydi portugaliyalik himoyachi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter