Kuman: «Ko‘proq gol urishimiz mumkin edi»

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman UYEFA Millatlar ligasining 2024/2025 yilgi mavsumi 1-tur uchrashuvida Bosniya va Gersegovina terma jamoasi ustidan qozonilgan yirik g‘alaba haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 5:2 hisobida Niderlandiya jamoasi foydasiga hal bo‘lgandi.

“Biz to‘p bilan ko‘p narsani uddaladik. Biz unga ko‘p egalik qildik va o‘yinni nazorat ostida ushlab turdik. Futbolchilar chiziqlar orasida yaxshi o‘ynashdi va biz ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Aslida jamoamiz ko‘proq gol urishi mumkin edi, ammo beshta gol ursang, norozi bo‘lib bo‘lmaydi», – deya Kumanning so‘zlarini keltiradi UEFA.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter