«PSJ» himoyachisi uchun joriy yil yakunlandi

«PSJ» jamoasi himoyachisi Nunu Mendesh operasiya qilinadi.

21 yoshli futbolchi o‘tkazgan chuqur tekshiruvdan o‘tkazildi. Operasiya Finlyandiyada bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, Mendesh taxminan to‘rt oy maydonga tusha olmaydi, ya’ni u keyingi kalendar yilida yana «PSJ»da o‘ynay oladi.

Umumiy hisobda Nunu Mendesh «PSJ» safida 69 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan. Ularda portugaliyalik ikkita gol urgan va to‘qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nunu 2023/2024 yilgi mavsumda maydonga tushmagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter