Al-Xelayfi: «Dembele jamoaning muhim futbolchisiga aylanadi»

«PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfi hujumkor yarim himoyachi Usmon Dembele bilan shartnoma imzolangani haqida gapirdi. Futbolchi «Barselona»dan 50 million yevro evaziga sotib olingandi.

«Usmon Dembeleni klubimizda ko‘rganimdan xursandman. U jamoaning muhim futbolchisiga aylanadi.

«PSJ»da Fransiya termasidan yana bir jahon chempioni borligidan faxrlanaman. Klubimiz yangi buyuk davrni boshlamoqda», – deya Al-Xelayfining so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

26 yoshli vinger parijliklar bilan 2028 yilning iyun oyi oxirigacha uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

2017 yildan 2023 yilgacha Dembele «Barselona» tarkibida o‘ynagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter