«Barselona» bu futbolchisiga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ymoqchi

Kataloniyaning «Barselona» klubi yozda kutilmaganda o‘zining yulduz futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, Xans-Diter Flik shogirdlari o‘tgan mavsumning ko‘p qismini xochsimon paylaridan jarohat olib o‘tkazib yuborgan darvozabon Mark-Andre ter Shtegen bilan xayrlashishga tayyor.

Qayd etish joiz, “Barselona” endilikda “Espanyol” darvozaboni Joan Garsiyani sotib olishga yaqin turibdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik yangi mavsumda «ko‘k-anorranglilar»ning birinchi raqamli futbolchisi bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter