Laporta Flikning «Barselona»dagi faoliyatini qanday baholayotgani ma’lum bo‘ldi
Xans-Diter Flik «Barselona»da muvaffaqiyatli start oldi, ammo yaqinda birinchi mag‘lubiyatini qabul qildi.
«Blaugrana» La Ligadagi dastlabki beshta o‘yinning beshtasida g‘alaba qozonishdi, ammo Chempionlar ligasining birinchi o‘yinida g‘alabali seriya uzildi – jamoa «Monako»ga yutqazdi (1:2).
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, mag‘lubiyatdan so‘ng Flik klub prezidenti Joan Laporta va sport direktori Deku bilan uchrashuv o‘tkazgan. Manbaga ko‘ra, Kataloniya grandi rahbari germaniyalik murabbiyga maksimal darajada ishonadi. «Barselona» mutahassisning ishini a’lo darajada bajarayotganiga ishonmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/