Kontening rahbariyatga talablari bor
«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte keyingi mavsumda ham ushbu muvaffaqiyatlarni mustahkamlamoqchi.
Football Italia xabariga ko‘ra, murabbiy rahbariyatdan Italiyaning boshqa top-klublaridan ikkita himoyachi sotib olishni talab qilmoqda.
Gap Turinning “Yuventus” klubidan Federiko Gatti va “Atalanta”dan Jorjio Skalvini haqida ketmoqda.
«Napoli» «Manchester Siti»ni tark etib, erkin agentga aylangan yarim himoyachi Kevin De Bryuyneni sotib olishi haqida avvalroq xabar berilgandi.
Neapolliklar “Manchester Yunayted”dan vinger Alexandro Garnachoni ham taklif qilmoqchi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/