Luis Enrike «PSJ»ning «Arsenal»ga qarshi javob o‘yinida asosiy ustunligi nimada bo‘lishini aytdi
“PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar Ligasi yarim finalida “Arsenal”ga qarshi javob o‘yini oldidan jamoaning asosiy ustunliklari haqida gapirdi. Ertaga jamoalar “Park de Prens” stadionida maydonga tushadi. Birinchi uchrashuvda parijliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
“Yarim final oldidan biz bu haqda allaqachon gapirgan edik. Jamoa qurilishi jarayonida birinchi yil — ishlashga, ikkinchi yil esa o‘sish va o‘z salohiyatiga ishonch bilan qarashga bag‘ishlanadi. Keyingisida esa biz barqarorlikka erishishda davom etamiz.
Men jamoamizda biror chiziq (hujum, yarim himoya yoki himoya) boshqalardan ustun deb hisoblamayman — buning o‘zi katta yutuq. Biz hisob-kitob qiluvchi jamoa emasmiz. Biz har bir o‘yinda bir xil mexanikaga amal qilishga intilganmiz. Bu oson emas va aniq fikr hamda prinsiplar talab etadi.
Ertangi o‘yin og‘ir bo‘ladi. Raqamlarda ham shunday ko‘rinadi. Biroq biz birinchi kundan boshlab nimalar qilgan bo‘lsak, shuni takrorlashga harakat qilamiz. Bizdagi sifatlar — bu bizning ustunligimiz”, — dedi Enrike.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/