Fernandeshga bir hafta muhlat berildi

Bruno Fernandeshning Yaqin Sharqqa ko‘chishi tobora real bo‘lib bormoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, “Manchester Yunayted”ning portugaliyalik yarim himoyachisi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi taklifini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Shu haftada futbolchining agenti Migel Pinyo Ar-Riyodga keldi va klub rahbariyati, jumladan, prezident Fahad bin Nafel bilan muzokaralar olib bordi.

Ichki manbalar uchrashuvni “samarali” deb baholadi va tomonlar kelishuvga erishishganini tasdiqladi.

“Al-Hilol” klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan va Fernandesh bu borada ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.

Klub payshanba kuniga qadar futbolchidan yakuniy javobni kutmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter