Fernandeshning agenti Yevropa top-klublari bilan uchrashmoqda
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandeshning agenti mijozi faoliyatini davom uchun turli imkoniyatlarni o‘rganmoqda.
“Qizil iblislar” sardori manfaatlarini himoya qiluvchi Migel Pinyo shu hafta Yevropaning turli davlatlariga tashrif buyurdi va u yerda nomi oshkor etilmagan top-klublar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muhokamalar davomida ular agentning mijozlari, jumladan Fernandeshning o‘zi haqida gaplashishdi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano. Biroq, 29 yoshli futbolchi haligacha «Manchester Yunayted»ni tark etish niyatida emas, bu haqda u yaqinda bergan intervyusida ma’lum qilgandi.
Mankunianliklar yetakchisi kelajagi borasida yakuniy qarorni jamoa bosh murabbiyi va umuman loyiha bilan bog‘liq vaziyat aniq bo‘lgach qabul qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/