Taning «Bavariya» bilan shartnomasi necha yilga mo‘ljallangan?
«Bayer» markaziy himoyachisi Jonatan Ta faoliyatini «Bavariya»da davom ettiradi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.
29 yoshli nemis Myunxen klubiga erkin agent sifatida qo‘shiladi. Uning Leverkuzen bilan shartnomasi 30 iyunga qadar amal qiladi.
«Bavariya» va Ta o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi 4 yilga mo‘ljallangan. Tez orada tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi. Ta joriy mavsumda 48 ta o‘yinda 4 ta gol urdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/