Trent: «Mening maqsadim – kvadrupl»

«Liverpul» himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold mavsumning qolgan qismidagi maqsadlari bilan o‘rtoqlashdi.

Angliya terma jamoasi futbolchisi hozir har bir o‘yin finalga o‘xshab ketishi, hatto durang ham mag‘lubiyat sifatida baholanishi, lekin ko‘p narsa barqarorlikka bog‘liqligini ta’kidladi.

«Men bor e’tiborimni barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishga qarataman. Mening maqsadim – kvadrupl.

Biz har qanday turnirda istalgan jamoani mag‘lub eta olishimizga ishonaman», – deya Aleksandr-Arnoldning so‘zlarini keltirmoqda CNN Sports.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter