Ronaldu «An-Nasr»ni tark etishiga shama qildi: «Bu bob tugadi»
«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining so‘nggi 34-turidan o‘rin olgan «Al-Fateh»ga (2:3) qarshi o‘yindan keyin klubni tark etishiga shama qildi.
«Bu bob tugadi. Tarixmi? Hali ham yozilyapti. Barchadan minnatdorman,» – deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqda.
«An-Nasr» 70 ochko bilan musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi. Ronaldu 25 ta gol bilan turnir to‘purariga aylandi. Futbolchining Saudiya klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyunida yakuniga yetadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/