Insayder Nikolo Skira: Krishtianu Ronaldu qachon futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
«An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu hozircha futbolchilik faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti, deb xabar berdi insayder Nikolo Skira.
40 yoshli portugaliyalik futbolchining Saudiya Arabistoni klubi bilan tuzgan shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi, ammo u faoliyatini yana kamida ikki mavsum davom ettirishni aniq rejalashtirgan. Ronalduga bir nechta transfer takliflari tushgan, u yaqin kunlarda kelajagi borasida qaror qabul qiladi.
Joriy mavsumda Ronaldu «An-Nasr» tarkibida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 4 ta assistni amalga oshirdi.
Ayni vaqtda turli manbalarga ko‘ra, «An-Nasr» klubi va 40 yoshli hujumchi o‘rtasida shartnomani uzaytirish borasida muzokara ketmayapti. Bu qaror futbolchining jamoa tarkibidagi faoliyati davomida katta muvaffaqiyatlarga erishmagani bilan bog‘liq.
Manba: championat.com
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/