Abbosbek Fayzullayev: «Medallarga loyiq edik»
Abbosbek Fayzullayevning fikricha, SSKA RPL bronza medallariga loyiq.
30 ta o‘yinda 59 ochko to‘plagan klub Rossiya chempionatida 3-o‘rinni egalladi.
«Menimcha, biz mavsumning ikkinchi qismida yaxshi o‘ynadik. Biz uni mag‘lubiyatsiz o‘tkazdik, shuning uchun medallarga loyiq edik.
Bu medal men uchun juda muhim, buning ustiga o‘tgan mavsum biz uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangandi. Oldinda yana bir o‘yin bor, bor e’tiborimiz faqat shunga qaratilgan,» – dedi SSKA sharafini himoya qilayotgan o‘zbekistonlik futbolchi.
1 iyun kuni «harbiylar» Rossiya kubogi superfinalida «Rostov» bilan o‘ynaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/