«Milan» A Seriyada so‘nggi 8 mavsumdagi eng past ochkosini to‘pladi

«Milan» so‘nggi yillardagi eng muvaffaqiyatsiz chempionatni o‘tkazdi.

Serjiu Konseysau jamoasi A Seriyada 63 ochko bilan mavsumni yakunlamoqda. Bu «rossonerilar»ning so‘nggi 8 mavsumdagi eng yomon natijasidir.

2016/17 yilgi mavsumda «Milan» xuddi shuncha, 2015/16 yilgi mavsumda esa 57 ochko to‘plagandi.

Klub A Seriyadagi so‘nggi o‘yinni o‘tkazdi va hozirda 7-o‘rinda bormoqda, ammo «Fiorentina» zaxira o‘yinida g‘alaba qozonsa, ularni ortda qoldirishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter