«Milan» ustozi: «Tanaffusda bir nechta narsalarni o‘zgartirdik»

«Milan» bosh murabbiyi Serjiu Konseysau Italiya Superkubogi yarim finalida «Yuventus» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:1) o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Jamoa ikkinchi bo‘limda ko‘rsatgan ishtiyoqi uchun bunga loyiq edi. Birinchi bo‘limda men bir necha hafta oldingidek «Milan»ni ko‘rdim – himoyada noaniqlik, charchoq, pressing uchun noto‘g‘ri daqiqalarni tanlash. Tanaffusda bir nechta narsalarni o‘zgartirdik. Hammasi butunlay boshqacha ketdi.

Ochig‘i, birinchi bo‘limdan keyin futbolchilarni quchoqlaganim yo‘q. Men juda g‘azablandim, chunki ular biz tayyorlagan narsani qilmadi, mening talablarimni bajarmadilar. Ba’zida jamoada qat’iyat yo‘q edi, ammo bu vaqt o‘tishi bilan paydo bo‘ladi», dedi Konseysau.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter