«Bavariya» «Chelsi» futbolchisini nishonga oldi
«Chelsi» markaziy himoyachisi Levi Kolvill faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Jurnalist Florian Plettenberg o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida yozganidek, «Bavariya» 21 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, Myunxen klubi anchadan beri o‘zining qiziqishlari ro‘yxatida bo‘lgan yosh futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy yondashmoqda. Plettenbergning fikricha, myunxenliklar «Bayer» himoyachisi Jonatan Tani xarid qila olmasa, Kolvill «Bavariya» uchun eng yaxshi alternativ bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kolvill avvalroq Angliya terma jamoasining shu oy Germaniyada boshlanadigan Yevropa chempionatida ishtirok etadigan tarkibiga kiritilgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/