Konte 3 jamoa bilan Skudettoni qo‘lga kiritgan ilk murabbiy bo‘ldi
Antonio Konte A Seriya rekordini o‘rnatdi.
Uning qo‘l ostidagi «Napoli» so‘nggi turda «Kalyari»ni mag‘lub etib (2:0) Italiya chempioniga aylandi.
Konte 3 xil turli klub bilan skudettoni qo‘lga kiritdi – bu rekord. 2020/21 yilgi mavsumda u «Inter»ni boshqargan, 2012 yildan 2014 yilgacha «Yuventus»ni boshqargan.
Qayd etish kerakki, Fabio Kapello ham uchta klub («Milan,» «Roma» va «Yuventus») bilan chempion bo‘lgan, ammo uning turinliklar murabbiyi sifatida qo‘lga kiritgan ikkala unvoni ham korrupsion mojaro natijasida tortib olingan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/