«Milan» yangi bosh murabbiy bilan aloqa o‘rnatdi

«Milan» ushbu mavsum oxirida Stefano Pioli bilan xayrlashishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, mashhur italiyalik mutaxassis Antonio Konte «rossonerilar»ning yangi ustozi bo‘lishi mumkin.

Transfer News Live nashrining xabar berishicha, «Milan» Konte bilan dastlabki muzokaralarni olib bormoqda. Aytish joizki, Antonio Konte deyarli bir yildan beri klub ro‘yxatidan o‘tmagan – o‘tgan yilning bahorida italiyalik murabbiy «Tottenxem»dan haydalgan edi.

Ayni vaqtda «Milan» Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Stefano Pioli shogirdlari peshqadam «Inter»dan 8 ochko ortda qolmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter