«Chelsi» va «Liverpul» Shotlandiyaning 18 yoshli iqtidori uchun kurash olib boradi

«Chelsi» Shotlandiyaning «Mazervell» klubi 18 yoshli yarim himoyachisi Lennon Miller bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Bu haqda TBR Football xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, London klubiga tarkibni kuchaytirishdan manfaatdor bo‘lgan «Liverpul» va «Lids» raqobatchi bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, shotlandiyalik futbolchiga Italiya chempionatining «Atalanta,» «Bolonya» va «Komo» kabi klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Miller barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter