Ingliz grandi Motta uchun «Yuventus» bilan kurash olib boradi

«Bolonya» bosh murabbiyi Tyago Mottaga top-klublarning qiziqishi ortib bormoqda.

«Yuventus» bir necha oydan beri 41 yoshli mutaxassis uchun asosiy da’vogar sifatida qaralib, italiyalikni Massimiliano Allegri o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Biroq, jurnalist Alfredo Pedullaning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, Mottani Angliya Premyer-ligasi gigantlari ham yuqori baholaydilar, ular hali muzokaralarni boshlamagan, ammo vaziyatni faol kuzatib boradi. Qiziqayotganlar orasida «Manchester Yunayted» ham bor, uning rahbariyati Erik ten Xagning kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagan.

Tyago Motta boshchiligidagi “Bolonya” A Seriyaning 30-turidan keyin “Yuventus”dan ikki ochko ortda qolib, to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter