«Real» 18 yoshli iqtidori bilan shartnomani uzaytirdi

«Real» hujumchisi Daniel Yanyes madridliklar bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirdi.

Bu haqda 18 yoshli ispaniyalik o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

2025 yilning 28 martida futbolchi 18 yoshga to‘ldi va kecha, 13 aprel kuni u klub bilan yangi shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Daniel Yanyes bu mavsumda «qaymoqranglilar»ning asosiy jamoasida debyut qildi.

U 2024 yilning 7 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan «Jirona»ga qarshi o‘yinda ilk bor maydonga tushdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter