«Atalanta» Gasperiniga yana yangi shartnoma taklif qildi
«Atalanta» Jan Pyer Gasperinini jamoa bosh murabbiyi sifatida saqlab qolishga harakat qiladi.
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
A Seriyaning uchinchi jamoasi 2024/25 yilgi mavsumdan so‘ng murabbiyga yangi shartnoma taklif qildi. «Bergamoliklar» 67 yoshli italiyalik mutaxassisga 2027 yilning yoziga qadar shartnoma taklif qilmoqda. Shuningdek, shartnomani bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.
Qayd etilishicha, klub rahbariyati murabbiyning yakuniy qarorini kutmoqda.
Gasperini 2016 yilning iyulidan beri «Atalanta»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida «Atalanta» tarixida ilk bor yevrokuboklarda g‘alaba qozongan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/