«Atalanta» darvozabonini 40 million yevroga qo‘yib yuboradi
«Atalanta» darvozaboni Marko Karnezekkiga Premyer-liga klublaridan qiziqish bor, deya xabar bermoqda Nikolo Skira.
Manbaga ko‘ra, futbolchi bilan amaldagi shartnoma 2026 yilgacha mo‘ljallanganiga qaramay klubda uni 2028 yilgacha uzaytirish imkoniyati bor.
«Atalanta» 24 yoshli italiyalik darvozabonini 40 million yevroga boshqa klubga sotishga tayyor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/