Saloh «Liverpul» muxlislariga e’tiroz bildirdi

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh klub muxlislariga e’tiroz bildirdi. Misrlik futbolchining so‘zlariga ko‘ra, unga muxlislarning Trent Aleksandr-Arnoldga hushtak chalishi yoqmagan. Yaqinda «Liverpul» tarbiyalanuvchisi Trent klubni tark etishga qaror qilganini e’lon qildi. Futbolchi «Real» tarkibini to‘ldirishi kutilmoqda.

«Trentga hushtak chalish? Men hayron bo‘ldim, chunki biz, «Liverpul» muxlislari bunday munosabatda bo‘lmasligimiz kerak. Bunday bo‘lmasligi kerak va umid qilamanki, keyingi o‘yinlarda hammasi o‘zgaradi. Trent eng yaxshi xayrlashuvga loyiq,» – dedi Saloh Sky Sports’ga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter