Kazemiro: «Anchelotti futbolchining eng yaxshi jihatlarini ochib berish hususiyatiga ega»

«Manchester Yunayted» tayanch yarim himoyachisi Kazemiro Karlo Anchelottining Braziliya terma jamoasida ish boshlaganiga munosabat bildirdi.

Kazemironing so‘zlariga ko‘ra, Anchelotti futbol haqida qanday gapirishi va futbolni qanday tushunishi bilan aql bovar qilmaydi.

«Keling, bundan zavqlanaylik, chunki Anchelotti g‘alaba qozonadimi yoki mag‘lub bo‘ladimi, futbol haqida gapirganda, unda xarizma bor, u futbolchilarni eng yaxshi tarzda o‘ynashga majbur qilish, ulardan maksimal darajada foydalanish, ularning eng yaxshi fazilatlarini ochib berish qobiliyatiga ega,» – deya ta’kidladi yarim himoyachi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter