Kazemiro jarohat oldi va «MYU»ning navbatdagi o‘yinlarida maydonga tushmaydi

Klub rasmiy sayti «Manchester Yunayted»ning braziliyalik tayanch yarim himoyachisi Kazemiro nima uchun Liga kubogi doirasida «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda tanaffusda almashtirilgani haqida ma’lumot e’lon qildi. Jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag voqea va futbolchining ahvoli haqida gapirdi.

«Tanaffus oldidan u jarohat oldi, shuning uchun biz uni almashtirdik. Uning ahvoli haqida yakuniy xulosa chiqarish uchun bir kun kutishimiz kerak, biroq men uni shanba kungi «Fulxem» bilan o‘yinda ko‘rmaymiz, deb o‘ylayman», — dedi ten Xag «Manchester Yunayted» rasmiy saytiga.

Kubok bahsi «Nyukasl»ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter