Rays: «Birinchi o‘yinning dastlabki 15 daqiqasida biz o‘tkazib yuborgan goldan keyin biroz shokda edik»

Ertaga Fransiyada Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvi doirasida «PSJ» hamda «Arsenal» o‘zaro bellashadi. Uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida londonliklar yarim himoyachyaisi Deklan Rays bo‘lajak o‘yin haqida fikr bildirdi.

«Birinchi o‘yinning dastlabki 15 daqiqasida biz o‘tkazib yuborgan goldan keyin biroz shokda edik. O‘yinning so‘nggi 10 daqiqasida bizda yorqin lahzalar bo‘ldi, ammo ular darvoza to‘siniga tegdi. Ammo hozir kayfiyat ijobiy. Imkon qadar o‘zimizga ishonishimiz kerak va bu bizning jamoamizda mavjud. Agar biz o‘zimizning eng yaxshi versiyamizga aylansak, biz hamma narsaga erisha olamiz», – dedi Rays UYEFA rasmiy saytiga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter