Rays faoliyatidagi ilk dublini qayd etdi
Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar ligasi chorak final dastlabki o‘yinida Madridning «Real» klubiga qarshi bahsda dubl qayd etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu Deklanning kattalar faoliyatidagi bitta alohida o‘yindagi birinchi dubli bo‘lgan. Ilgari, agar mavjud statistik ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, Rays o‘zi o‘ynagan barcha jamoalar uchun hech qachon raqib darvozasiga ikki marta gol urmagan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu seshanba kungi o‘yinda har ikki vaziyatda ham Rays jarima maydoni tashqarisidan turib, Tibo Kurtua darvozasini ishg‘ol etgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/