Keyn faoliyatidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi
Myunxenning «Bavariya» klubi markaziy hujumchisi Xarri Keyn faoliyatidagi ilk sovrini haqida gapirdi. Hujumchi jamoa bilan muddatidan oldin Bundesliga chempioniga aylandi.
«Ajoyib hissiyotlar. Biz bu yo‘ldan uzoq yurdik. Bu katta mehnat natijasidir. Faoliyatimdagi birinchi chempionlikni qo‘lga kiritganimdan juda xursandman. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat. Men buni juda qadrlayman,» – deya angliyalik to‘purarning so‘zlarini keltiradi ESPN.
Keyn Germaniya chempionatining joriy mavsumida 29 ta o‘yin o‘tkazdi. Hujumchi o‘z hisobiga 24 ta gol va yettita golli uzatmani yozib qo‘ygan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/