Vissa: «APLning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik»
Angliya futbolida 34-turning qoldirilgan o‘yini bo‘lib o‘tdi, unda «Nottingem Forest» o‘z maydonida «Brentford»ni qabul qildi va kutilmaganda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. «Brentford»ning bu o‘yindagi ikkinchi goliga Yoan Vissa mualliflik qildi va u o‘z klubining muvaffaqiyatini mustahkamladi. Uchrashuvdan so‘ng u o‘z goli haqida fikr bildirdi.
«Ko‘pdan beri, o‘yindan-o‘yinga, biz bunday darajada o‘ynashga loyiq ekanligimizni ko‘rsatmoqdamiz. Bu hozircha chempionatning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi ajoyib o‘yin bo‘ldi,» – deya Vissaninn so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/