Paredes: «Seshanba kuni Argentina dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o‘ynaydi»

Argentina terma jamoasi xavbeki Leandro Paredes JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Urugvayga qarshi bahsdan so‘ng OAV vakillari bilan suhbatlashdi. Unda «Albiseleste» kichik 1:0 hisobida zafar quchdi.

«Asosiy tarkib futbolchilarni ko‘rmaslik odatiy hol emas, ammo bugun bu o‘yinimizga katta ta’sir ko‘rsatmadi. Umid qilamanki, biz rivojlanishda davom etamiz. Kelayotgan seshanba kuni Argentina dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadi. Yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz kerak,» – deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi terma jamoa matbuot xizmati.

Kelasi hafta Argentina va Braziliya o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter