Anchelotti: «Italiyaning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o‘ynaymiz»

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Napoli»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan o‘yin haqida gapirdi.

“Biz Italiyaning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o‘ynaymiz. O‘tgan yili ular juda yaxshi ishladilar. Bu juda qiyin o‘yin bo‘ladi, chunki ular haqiqiy sifat va individual qobiliyatga ega. Biz intizom va birdamlikni ko‘rsatishimiz kerak. Agar “Jirona”dagidek harakat qilsak, yaxshi natijaga erishamiz”, – deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi Madrid klubi matbuot xizmati.

“Napoli” – “Real” uchrashuvi ertaga, 3 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter