Indzagi: «Oxirgi hafta qayd etilgan natijalar to‘rt yil davomida qilingan ishni bekor qilmaydi»

Simone Indzagi «Barsa» bilan Chempionlar ligasi yarim finali oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Jamoa allaqachon ajoyib yutuqqa erishdi. Oxirgi hafta qayd etilgan natijalar to‘rt yil davomida qilingan ishni bekor qilmaydi.

So‘nggi uchta o‘yinda yaxshiroq o‘ynashimiz kerak edi, biroq to‘rt yildan beri barcha sovrinlar uchun kurashayotganimizni unutmasligimiz kerak, ba’zilar dastlab A seriyaning kuchli to‘rtligiga kirishimiz qiyin bo‘lishini aytishgandi», – dedi murabbiy. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter