Indzagi Lukaku uni yilning eng yaxshi 3 nafar murabbiyi qatoriga kiritmaganiga munosabat bildirdi
«Inter» bosh murabbiyi Simone Indzagi «Roma» hujumchisi Romelu Lukakuni yilning eng kuchli uch murabbiyi qatoriga kiritmaslik haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchining ro‘yxatidan Xosep Gvardiola, Xavi Ernandes va Luchano Spalettilar joy olgan edi. Lukaku o‘tgan mavsumda Indzagi qo‘l ostida «Inter»da o‘ynagan. Hujumchi jamoa bilan Chempionlar ligasi finaliga chiqdi va Italiya kubogini qo‘lga kiritdi.
«Lukaku meni yilning eng yaxshi 3 nafar murabbiyi qatoriga kiritmadimi? U uchta buyuk murabbiyga ovoz berdi, shuning uchun shikoyat qilish noto‘g‘ri. Mukofotga ko‘rsatilganidan juda xursand bo‘ldim. Bu Londonda ajoyib voqea bo‘ldi», — dedi Indzagi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi murabbiyi sovrinini Pep Gvardiola olgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/