Indzagi «Inter» boshqaruvidagi 100-g‘alabasiga erishdi

“Inter” bosh murabbiy Simone Indzagi qo‘l ostida 100-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Dushanba kuni “neradzurrilar” A Seriyaning 30-turida “Empoli”ni Federiko Dimarko va Aleksis Sanchesning mos ravishda 5 va 81-daqiqalarda kiritgan gollari evaziga mag‘lub etishdi. Indzagi uchun bu g‘alaba Milan grandi boshqaruvidagi 150 uchrashuvdagi 100-g‘alaba bo‘ldi. 47 yoshli murabbiy qo‘l ostidagi 25 ta o‘yinda “Inter” durang o‘ynagan bo‘lsa, yana 25 marta raqiblar ustunlikka erishgan. Umumiy to‘plar farqi 297:126.

Simone Indzagi 2021 yilning yozida “Inter”ni qabul qilib olgandi. «Milan»ga o‘tishdan oldin mutaxassis besh yil davomida «Lasio» bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter